“Fransiya Yevropani himoya qilish uchun o‘z yadro qalqonidan foydalanishga tayyor. AQSh o‘z qo‘shinlarini qit’adan olib chiqib ketish tahdidi ostida Fransiya Germaniyaga yadro quroliga ega qiruvchi samolyotlarini yuborishi mumkin”, deb yozmoqda Daily Telegraph gazetasi.
Nashrning qayd etishicha, Fransiyaning yadroviy to‘xtatuvchi kuchlari NATOdan mustaqil. Britaniya yadro quroli esa alyansning mudofaa strategiyasida asosiy rol o‘ynaydi.
Bundestag saylovlarida g‘alaba qozongan siyosiy blok yetakchisi Fridrix Mers avvalroq Yevropa endi AQSh himoyasiga tayanmasligi kerakligini va Fransiya va Britaniya bilan yadroviy mudofaa bo‘yicha muzokaralar olib borishga chaqirgan edi.