Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Fransiya Yevropa Ittifoqidan chiqishni rejalashtirmoqda

Fransiya Yevropa Ittifoqidan chiqishni rejalashtirmoqda

Buyuk Britaniyadan so‘ng Fransiya ham Yevropa Ittifoqini tark etmoqchi. Bu haqda "Le Figaro" jurnali xabar bermoqda.

Fransiyani Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqida jurnalist Loran Erble ma’lum qildi. Loran Erblening yozishicha, pandemiya davrida Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti va sanoati qanchalik cho‘kkanligi ayon bo‘ldi.

Ittifoq hududida niqob ishlab chiqaradigan korxonalar deyarli mavjud emas. Shuningdek, dori-darmonga mo‘ljallangan ingrediyentlarning 80 foizga yaqini Ittifoqdan tashqarida ishlab chiqariladi.

Shu bilan birga, pandemiya Yevropa Ittifoqi rahbariyati Ittifoqqa a’zo davlatlarga zarur yordamni bermasligini ko‘rsatdi. Erble misol tariqasida iqtisodiyotni tiklash uchun ajratilgan mablag‘ miqdorini taqqosladi. AQShda bu taxminan 5 trillion dollarni, Yevropa Ittifoqida esa atigi 300 milliard yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 22:25 15.03.2021. O'qildi: 3358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!