Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Fransiya 2026 yilgi byudjet kamomadidan 40 milliard yevro tejashga erishadi

Fransiya 2026 yilgi byudjet kamomadidan 40 milliard yevro tejashga erishadi

Bu haqda Fransiya iqtisodiyot, moliya, sanoat va raqamli suverenitet vaziri Erik Lombard BFMTV telekanali efirida ma’lum qildi .

"Biz 3 trillion yevrodan ortiq davlat qarzini yig‘ib oldik va har yili kreditorlarga yanada kattaroq mablag‘larni qaytarishga majburmiz. Demak, biz allaqachon byudjet doirasida favqulodda vaziyatdamiz. O‘tgan yili biz kreditorlarga 50 milliard yevrodan ko‘proq pul qaytargan bo‘lsak, bu yil 70 milliard yevrodan ko‘proq bo‘ladi. Bu mudofaa byudjetidan ancha ko‘p. Shuning uchun qarzimizni kamaytirishimiz kerak”, dedi u.

Vazir tasdiqladiki, 2025 yilda hukumat taqchillikni byudjetda nazarda tutilganidek 5,4 foiz darajasida saqlab qolishni kutmoqda, 2026 yilda esa taqchillikni 4,6 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgan.

“Buning uchun 40 milliard yevro miqdorida qo‘shimcha harakatlar talab etiladi”, — dedi vazir va buni asosan davlat xarajatlarini qisqartirish hisobiga amalga oshirish rejalashtirilayotganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 00:38 14.04.2025. O'qildi: 533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!