Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fotoreportaj: yurtimizdagi Cuvtushar sharsharasi haqida eshitganmisiz?

A A A
Fotoreportaj: yurtimizdagi Cuvtushar sharsharasi haqida eshitganmisiz?

Qashqadaryoda betakror iqlimi va manzarali tabiati bilan barchani o‘ziga maftun eta oladigan so‘lim go‘shalar bisyor.

Bugungi fotosayohat Shahrisabz tumanidagi Hisorak suv ombori, Hisor davlat qo‘riqxonasining noyob tabiati, mashhur Suvtushar sharsharasi tomon.

Hisor davlat qo‘riqxonasida jonivorlarning 14 turi uchraydi. Qo‘ng‘ir ayiq, silovsin, qor qoploni va qizil sug‘ur singari “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlar ham bor. Bundan tashqari, tog‘ burguti, qor g‘ajiri, boltayutar, kaklik, hilol kabi qushlarni uchratish mumkin. Bu yerlarda dug‘boy, kiyik o‘ti, kovrak, zirk, na’matak kabi 10 dan ortiq dorivor giyohlar ham o‘sadi.

Qo‘riqxonaning Miroqi bo‘limi tasarrufidagi tabiat burchagida yana bir mo‘’jiza – mashhur Suvtushar sharsharasi bor. U mamlakatimizdagi eng uzun va sersuv sharshara hisoblanadi. 84 metr balandlikka ega sharsharadan yilning may-iyul oylarida har soniyada 5-6 kub metr suv otilib tushadi. Shu jarayonda hosil bo‘lgan zarrachalar 250-300 metr, kuchli shamol esib turgan paytlarda 500-600 metrgacha sachrab tarqaladi va ajoyib mikroiqlim hosil qiladi.

Natijada bu yerda yozning jaziramasida ham havo salqin va mo‘’tadil bo‘ladi.

Kiritildi: 10:07 04.06.2018. O'qildi: 5892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!