Liverpul ustozi Yurgen Klopp ikki marta uylangan. Uning birinchi rafiqasi Sabina Klopp, ular 2001 yilda ajrashishgan. Bu vaqtda Klopp Mayns jamoasida menejer sifatida ish boshlagandi. Ularning o‘g‘li Mark 2010 yil boshlarida Dortmund jamoasida qanot himoyachisi sifatida o‘ynay boshlagandi, ammo tizzasidan olgan jarohati tufayli faoliyatini erta yakunlashga majbur bo‘lgan.
Ulla Sandrok Kloppning ikkinchi rafiqasi. Ular 2005 yilda tanishishgan. Ulla u paytda Maysdagi barlardan birida ishlardi. Uning aytishicha, o‘sha paytda futbolga umuman qiziqmagan.
Umuman olganda, Ulla o‘qituvchi. Barda ishlagunga qadar uch yil davomida Keniya poytaxti Nayrobidagi nemis maktabida dars bergan. Klopp bilan turmush qurgach, Ulla futbol bilan ham ancha do‘stlashib oldi.
2008 yilda Ulla o‘zining bolalarga mo‘ljallangan mualliflik kitobi Tom va katta futbol to‘pi kitobini nashr ettirdi. Bu kitob 11 yoshli nemis bolasi haqida edi.
Ullaning eng katta xizmati Kloppni Liverpul ni boshqarishga undaganidir. Bu haqda murabbiyning o‘zi shunday deydi: Rafiqam agar Liverpul dan taklif bo‘lsa, ikkilanmay rozi bo‘lishimni maslahat bergandi . Bu maslahatga amal qilgan Klopp ayni damda APLda chindan ham iqtidorli, tajribali murabbiy ekanligini isbotlayapti. Hozirda Yurgen rafiqasi bilan baxtli hayot kechirmoqda.