Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

FOTO: Shahzoda Muhammedovaning sarpo to‘plami

FOTO: Shahzoda Muhammedovaning sarpo to‘plami

Noyabr oyida betakror kelinchalik libosida ota uyini tark etgan serqirra ijodkor Shahzoda Muhammedova sarpo liboslarida tushgan fotosuratlari bilan bo‘lishdi.

Mahoratli dizayner o‘zi uchun to‘rtta betakror liboslardan iborat to‘plam yaratgan bo‘lib, ular Shakhzoda boutique-atelye n1 tomonidan tikilgan.

«Qor malikasi» ertagi asosida yaratilgan betakror libosda dizayner havorang adras matosidan foydalangan. Qo‘l mehnati orqali libos minglab munchoqlar bilan bezatilgan.

 

«Ming bir kecha» ertagi qahramoni Shahrizoda timsolidagi shoxona libos Shakhzoda boutique-atelye n1 tomonidan murakkab qo‘l mehnati bilan maxsus tikilgan.

 

Shahzoda to‘y oqshomi yakunida «Kelin salom» marosimi uchun kiygan «Tovus» nomli libos. Ko‘k tafta matosidan tikilgan chopon va oq harir libos tovus patlari bilan bezatilgan.

 

«Yashil parcha» deb nomlangan libos ham alohida mehr berib tikilgani yaqqol namoyon.

 

Shahzoda Muhammedovaning beshinchi sarpo libosi dizayner Dilnoza Umirzoqova tomonidan «Anor» atelyeda maxsus tikilgan libos bo‘lib, Shahzoda unga Paranji anor deb nom bergan. Bunga sabab, libos alvon qizil rangdagi matodan tikilgani.

Kiritildi: 09:53 14.12.2018. O'qildi: 23090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!