Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda avtotransport vositasi oynalarini qoraytirish uchun berilgan ruxsatnoma va «tonirovka» qilingan ilk avtomobil surati tarqaldi.
Ushbu avtomobil Malibu rusumida va avtoraqam belgisi Toshkent shahriga tegishli.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hukumat qarori bilan 1 avgustdan tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruxsat berildi. Hujjatga ko‘ra, qoraytirishga ruxsatnoma berganlik uchun to‘lovlar jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 90 baravari (16 587 000 so‘m); yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 120 baravari (22 116 000 so‘m); xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga eng kam ish haqining 140 baravari (25 802 000 so‘m) etib belgilandi.
Manba: uz24.uz