Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Fojia: Namanganda 5 yashar bola falokat qurboni bo‘ldi

Fojia: Namanganda 5 yashar bola falokat qurboni bo‘ldi

Joriy yilning 27 may kuni soat 18:50 larda, Namangan viloyati, Namangan shahar, Yangiasr MFY hududidan o‘tgan 4R-112 “Farg‘ona xalqa yo‘lining” 77 km.da, haydovchi, 1982 y.t. X.Dj. (erkak) “Vaz-2106” rusumli transport vositasini boshqarib borayotib, to‘xtashga ulgurmay, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda, 2015 y.t. M.U.ni urib yuborgan. Ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1981 y.t. K.Q. (erkak) boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomobilida oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida “Vaz-2106” rusumli transport vositasi orqa tomoniga kelib urilgan.

Natijada, “Vaz-2106” rusumli transport vositasi urib ketgan 5 yoshli voyaga yetmagan piyoda M.U. (o‘g‘il bola) og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan shahar IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:39 28.05.2020. O'qildi: 3389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!