Florida shtatining Boka-Raton shahridagi plyaj yaqinida yengil samolyot suvga qulab tushdi.
Mahalliy polisiya xabar berishicha, bortda bir kishi bo‘lgan. U ehtiyot chorasi sifatida kasalxonaga olib ketilgan. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, uning hayoti xavf ostida emas.
Federal aviasiya ma’muriyati avariya sababi va sharoitlarini tekshirmoqda. Mutaxassislar shuningdek, samolyotni suvdan olib chiqish ustida ishlamoqda.