Uni jihozlash uchun AQSh rasmiylari qariyb 1 milliard dollar sarflagan
"Alligator Alkatras" migrantlar lageri 2025 yilda botqoqliklar o‘rtasida ochilgan edi.
Rasmiylarning rejasiga ko‘ra, u yerdagi timsohlar mahbuslarning qochishiga to‘sqinlik qilishi kerak edi. Markazda migrasiya xizmati tomonidan qo‘lga olingan noqonuniy migrantlar, jumladan, keyinchalik deportasiya qilinishi kutilayotgan shaxslar saqlanmoqda. Bu jinoiy emas, balki ma’muriy jarayon, "Alligator Alkatras" ko‘proq sharoiti yomon qamoqxonaga o‘xshardi, unda migrantlar doimiy ravishda teshik chodirlar, antisanitariya va botqoqlikdagi chivinlarning ko‘pligidan shikoyat qilishgan.
Biroq, rasmiylar markazni shikoyatlar tufayli emas, balki yuqori xarajatlar sababli yopishga qaror qilgani aytilmoqda.
AQSh ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanish xarajatlari allaqachon qariyb 1 milliard dollarga (taxminan 850 million yevro) yetgan bo‘lishi mumkin.
Hozirda markazda 1400 ga yaqin kishi saqlanyapti. Ular iyun oyi boshigacha olib chiqilishi, shundan so‘ng lager bir necha hafta ichida demontaj qilinishi kutilmoqda.