Tergov o‘tgan yili Florida universitetidagi sodir bo‘lgan otishma ishi bo‘yicha olib borilmoqda. Otishmada 2 kishi qurbon bo‘lgan, 6 kishi jarohatlangan edi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, OpenAI kompaniyasiga tegishi ChatGPT xizmati hujumchiga qaysi quroldan foydalaninsh, qanday o‘q-dorilar yaqin masofada samalari bo‘lishi haqida maslahat bergan. "Agar ekranning narigi tomonida odam bo‘lganida, biz uni qotillikda ayblagan bo‘lar edik", dedi Florida bosh prokurori Jeyms Utmeer.
Biroz oldin Kanadada ham OpenAI kompaniyasiga qarshi xuddiy shunga o‘xshash tergov ishi qo‘zg‘atilgan edi. U yerda ruhiy nosog‘lom transgender*ning maktabga hujumi oqibatida (https://t.me/sputnikuzbek/62527) 9 kishi qurbon bo‘lgan 27 kishi jarohatlangan edi.
Jabrlanuvchi tomonga ko‘ra, OpenAI hujumchi rejalaridan xabardor bo‘lgan, lekin buning oldini olish uchun chora ko‘rmagan.