Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Finlyandiya moliyaviy ahvolini “o‘ta og‘ir” deb baholadi

Finlyandiya moliyaviy ahvolini “o‘ta og‘ir” deb baholadi

Finlyandiya moliya vaziri Riikka Purra mamlakat moliyaviy holatini “o‘ta og‘ir” deb baholadi. Bu haqda u hukumatning 2027–2030 yillarga mo‘ljallangan byudjetni qisqartirish rejasi taqdim etilganidan so‘ng ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 90 foizga yaqinlashmoqda. Shu bilan birga, mamlakat yuqori ishsizlik, deyarli nol iqtisodiy o‘sish va aholining qarib borayotgani kabi muammolarga duch kelmoqda.

Purra biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi choralar joriy etish samara bermasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, asosiy vazifa — iqtisodiy o‘sish uchun sharoit yaratish va kompaniyalarning mustaqil faoliyat yuritishini ta’minlash.

Avvalroq Finlyandiya hukumati 2027–2030 yillarga mo‘ljallangan moliyaviy rejani ma’qullagan. Unga ko‘ra, ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash xarajatlari 240 million yevroga, davlat boshqaruvi xarajatlari esa yana 60 million yevroga qisqartiriladi.

Taxminlarga ko‘ra, davlat byudjeti taqchilligi joriy va kelgusi yilda 13 milliard yevro atrofida saqlanib qoladi.

Kiritildi: 20:30 25.04.2026. O'qildi: 788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!