Afrikada fillar to‘dasi kaliforniyalik millioner va vino ishlab chiqaruvchi Erni Dosioni toptab tashladi.
The Sun nashrining xabar berishicha, erkak Gabonga noyob antilopalarni ov qilish maqsadida safariga borgan. Do‘stining so‘zlariga ko‘ra, ular birgalikda bolalari bo‘lgan fillar to‘dasiga duch kelib qolishgan. Katta yoshli fillar qo‘rqib ketganidan erkaklarga hujum qilgan.
«Men tafsilotlarga to‘xtalmagan bo‘lardim, lekin shuni ishonch bilan ayta olamanki, hammasi juda tez sodir bo‘ldi», — dedi uning hamrohi.