Filippinda «Trisha Kerstin 3» nomli Ro-Ro turidagi parom halokati oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 nafarga yetdi. Qo‘shimcha ikki jasad topilgani ma’lum qilindi.
Filippin Qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga ko‘ra, kamida 316 nafar yo‘lovchi qutqarib qolingan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, bedarak yo‘qolganlar soni aniqlanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, parom Zamboanga shahridan Xolo oroliga yo‘l olgan va Baluk oroli yaqinida halokatga uchragan.