FIFA kelayotgan yozda AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati yuzasidan jiddiy tashvishga tushgan. The Touchline nashriga ma’lum bo‘lishicha, tashkilot turnir atrofida katta qiziqish (ajiotaj) yo‘qligidan xavotirlanmoqda.
Qayd etilishicha, Jahon chempionati o‘yinlari uchun chiptalarning aksariyati haligacha sotilmagan. FIFA buning sababini tushuna olmayapti. Turnir boshlanishiga taxminan to‘rt oy vaqt qolgan bo‘lsa-da, qiziqish darajasi kutilganidan ancha past.
Aytish joizki, bu 48 ta terma jamoa ishtirok etadigan ilk Jahon chempionati bo‘ladi. Argentina terma jamoasi Jahon kubogini himoya qiladi. 2022 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan mundial finalida «albiseleste» Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan edi.