Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

FIFA o‘zbek klubiga nisbatan transfer taqiqini joriy qildi

FIFA o‘zbek klubiga nisbatan transfer taqiqini joriy qildi

FIFAning Assosiasiyaga yuborgan xatida «Andijon» futbol klubi Albaniyaning «Lachi» klubi oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagani qayd etilgan.

FIFA qaroriga ko‘ra, «Andijon» «Lachi» klubi oldidagi moliyaviy majburiyatini 45 kun ichida bajarishi lozim edi. Biroq dedlayn sifatida belgilangan 10 iyun sanasiga qadar ham mazkur talab bajarilmagan.

Shundan kelib chiqib, klubga nisbatan ushbu ish yopilguniga qadar ketma-ket uchta transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq joriy etildi.

Endi «Andijon» har qanday holatda ham Altin Kreziu transferi ortidan yuzaga kelgan moliyaviy majburiyatni bajarishi shart. Mazkur hisob-kitob amalga oshirilgach, klub bu haqda FIFAni xabardor qiladi. Keyinchalik «Lachi» ham to‘lov amalga oshirilganini tasdiqlasa, FIFA transfer taqiqini bekor qiladi.

Kiritildi: 18:15 03.07.2026. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!