FIFA 2026 yilgi jahon chempionati finalida futbol qoidalaridan chetga chiqishga tayyor. The Times nashri jurnalisti Martin Sigler xabariga ko‘ra, mundial finalida taymlar orasidagi tanaffus odatdagidan ancha uzoq – 30 daqiqagacha bo‘ladi.
Bu vaqt davomida tomoshabinlarga katta sahna shousi namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Jahon chempionati final bahsi yakshanba, 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Amaldagi jahon chempioni – Argentina terma jamoasi. 2022 yilgi finalda Lionel Messi boshchiligidagi jamoa Fransiyani dramatik o‘yinda mag‘lub etgan: asosiy va qo‘shimcha vaqt 3:3 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasida argentinaliklar ustun kelgan edi.