FIFA Eron milliy terma jamoasini 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishga chaqirdi.
Tashkilot bayonotida aytilishicha, FIFA barcha ishtirokchi federasiyalar, jumladan Eron bilan muntazam aloqada bo‘lib, musobaqaga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilib kelmoqda.
«FIFA barcha jamoalar 2025 yil 6 dekabr kuni e’lon qilingan taqvimga muvofiq musobaqada ishtirok etishini kutmoqda», — deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanadada o‘tkaziladi.