Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

FIFA Angliya — Argentina yarim finali uchun hakamlar brigadasini e’lon qildi

FIFA Angliya — Argentina yarim finali uchun hakamlar brigadasini e’lon qildi

FIFA JCH–2026 yarim finalidan o‘rin olgan Angliya — Argentina uchrashuviga tayinlangan hakamlar brigadasini ma’lum qildi.

Mazkur bahsni AQShlik Ismail Elfat boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Kori Parker va Kayl Atkins yordam beradi. To‘rtinchi hakam etib italiyalik Maurisio Mariani tayinlangan bo‘lsa, zaxira yordamchi hakam vazifasini Daniele Bindoni bajaradi.

Angliya va Argentina o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan yana bir yarim finalda Fransiya terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 16:11 14.07.2026. O'qildi: 841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!