Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

FIFA 2026 yilgi jahon chempionatidan 15 mlrd dollar daromadga ega bo‘ldi

FIFA 2026 yilgi jahon chempionatidan 15 mlrd dollar daromadga ega bo‘ldi

FIFA rasmiy saytidagi hisobotda keltirilishicha, tashkilotning to‘rt yillik davr (2023-2026) davomidagi daromadi 15 mlrd dollardan oshadi, vaholanki, oldingi davrda (2019-2022) u 7,57 mlrd dollar ishlab topgan edi.

FIFA rahbari Janni Infantinoning so‘zlariga ko‘ra, joriy chempionat futbolga investisiya kiritish uchun yangi imkoniyatlar ochgan. Shuningdek, Infantino FIFA futbolni global miqyosda yanada rivojlantirish uchun tijoriy salohiyat va imkoniyatlarni yuzaga chiqarishni maqsad qilganini aytdi.

Chempionatning tijoriy muvaffaqiyati fonida ishtirokchilar sonini yanada ko‘paytirish masalasi yana kun tartibiga chiqdi. Bu gal ularning soni 48 tani tashkil etgan bo‘lsa, FIFA ushbu ko‘rsatkichni 64 taga etkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 13:52 20.07.2026. O'qildi: 1146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!