Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

“FHDYo yagona elektron arxiv” nega zarur?

“FHDYo yagona elektron arxiv” nega zarur?

Farg‘ona viloyatida FHDYo bo‘limlarida saqlanayotgan ma’lumotlar miqdoriga qarab 16 ta arxivarius shtat birliklari joriy etilgan.

Viloyat bo‘yicha 6 774 861 ta barcha turdagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari mavjud. Ushbu ma’lumotlarni “FHDYo Yagona elektron arxiv” axborot tizimiga kiritish uchun va ajratilgan shtat birliklarining imkoniyati cheklanganligi e’tiborga olinib, FHDYo bo‘limlari xodimlariga kunlik 100 tadan kam bo‘lmagan miqdorda ma’lumotlarni bazaga kiritish vazifasi topshirilgan.

“FHDYo yagona elektron arxiv” nega zarur?

So‘ngi axborot-kommunikasiya texnologiyalarini sohaga joriy etish orqali FHDYo organlari faoliyatida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillari yengillashadi. Fuqarolar vakolatli davlat organlari va tashkilotlarga bormasdan davlat xizmatlaridan foydalanishga erishadilar. Xizmatlarning sifati va tezkorligi,qulayligi oshadi. Eng qimmat xazina“vaqt” tushunchasitejaladi.Aslida, FXDYo arxiv ma’lumotnomalari va axborotini olish imkoniyatini beruvchi yagona elektron arxivining yaratilishi aholi uchun qilinayotgan islohotlarning bir qismigina xolos.

Bu tizim idoralararo integrasiyalashuv, elektron hamkorlikni kengaytirish orqali byurokratik to‘siqlar,korrupsiya holatlarini yuzaga kelishining oldini oladi.Markazdan yiroq, olis xududlardagi aholi punktlarida sayyor(mobil) davlat xizmatlari ko‘rsatishning qulay uslublarini ishlatish imkonini ham beradi.

Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan aniqlanishicha...

2019 yil oktyabr oyiga qadar viloyatda barcha yozuvlarning  2 million 225 ming 832 tasi, yoki jami ma’lumotlarning 37 foiziginakiritilgani ma’lum bo‘ldi. Respublika miqyosida bu vazifani bajarish muddati 2022 yil 1 yanvarga qadar belgilangan bo‘lsa-da, Farg‘onadagi tumanlar kesimida tahlil qilinganda: O‘zbekistontumani FHDYo bo‘limida 15 %, Qo‘qon shahar FHDYo bo‘limida 20%, Quva tuman FHDYo bo‘limida 12%, Qo‘shtepa tuman FHDYo bo‘limida 21%, Dang‘ara tuman FHDYo bo‘limida 20%, Marg‘ilon shahar FHDYo bo‘limida 20 %, Bog‘dod tuman FHDYo bo‘limida 21%, Buvayda tuman FHDYo bo‘limida 22 %, Oltariq tuman FHDYo bo‘limida 15 %, Dang‘ara tuman FHDYo bo‘limida 12%, Farg‘ona shahar FHDYo bo‘limi 7 %, Beshariq tuman FHDYo bo‘limida 20 %, Marg‘ilon shahar FHDYo bo‘limida 16%, Rishton tuman FHDYo bo‘limida 30 %, Farg‘ona shahar1-son FHDYo bo‘limida 20 % ma’lumotlar yagona axborot tizimiga kiritgan xolos.

Ishlarni yanada samarali tashkil etish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyatiboshqarmasi tomonidan “FHDYo yagona elektron arxivi” axborot tizimiga ma’lumotlarni sifatli va tez kiritishni tashkillashtirish maqsadida joriy yilning avgust oyidan boshlab, FHDYo bo‘limlarida mavjud dalolatnoma yozuvlari sonidan kelib chiqib taqsimot reja ishlab chiqildi va har bir tumanga ma’lumotlar hajmiga ko‘ra kunlik kiritilishi lozim bo‘lgan me’yor belgilandi.

Afsuski, barcha tumanlarda ham FHDYo bo‘limlari tomonidan malumotlarni kiritishning samaradorligi taminlanmayapti. Masalan, Farg‘ona shahar 2-son FHDYo bo‘limida jarayon o‘rganilganda,“FHDYo yagona elektron arxivi” bazasiga ma’lumotlarni tushirishda xodimlar sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi. 2-son FHDYo bo‘limi joriy yilning 27 sentyabr kunidan binoning elektr energiyasidan qarzi borligi sababli uzib qo‘yilgan. Shu bois14 oktyabrga qadar bo‘limda ish jarayonida uzilishlar yuzaga kelgan. Bo‘lim binosi achinarli ahvolda bo‘lganligi sababli 7 oktyabr kuni Farg‘ona shahar Yangi asr ko‘chasi 72-uyga ko‘chib o‘tgan.

Quva,Oltiariq, Qo‘shtepa, O‘zbekiston, Bog‘dod tuman FHDYo bo‘limida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan1 nafardan arxivariuslar taqsimot rejada 300 ta ko‘rsatilgan bo‘lsada, ular bir kundabor yo‘g‘i 100-120 dona axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish bilan kifoyalanishmoqda. Natijada O‘zbekiston ,Qo‘shtepa, Quva, Oltiariq tuman FHDYo bo‘limlari tomonidan dalolatnoma yozuvlari haqidagi ma’lumotlarni “FHDYo yagona elektron baza” axborot tizimiga belgilangan muddatlarda kiritib bo‘linmasligi ehtimoli yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

Nega bunday suskashtliklarga yo‘l qo‘yilmoqda, sabab nimada?

Muammolarning paydo bo‘lishi hech qachon bir sabab nuqtai nazaridan kelib chiqmaydi. Balki unda ob’ektiv hamda sub’ektiv sabablar mujassam. FHDYo bo‘limlari xodimlarining shaxsiy mas’uliyatsizligimi, belgilangan vazifaga loqaydligimi, moddiy-texnik imkoniyatlar yoki xodimlarning yetishmasligimi? Bu holatni obdon tahlil qilib ko‘rish zarur.

Agarda muammo moddiy texnik ta’minotning yaxshi emasligi desak, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 sentyabdagi 768-sonli qarori bilan barcha FHDYo bo‘limlari eng so‘nggi rusumdagi kompyuter jamlanmalari va yuqori sifatli internet bilan ta’minlangan.

Kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganadigan bo‘lsak, har bir tumanda FHDYo aktlari soniga nisbatan shtat birliklari ajratilgan, ya’ni 200 mingdan ortiq dalolatnomalari mavjud bo‘lgan FHDYo bo‘limlarida qo‘shimcha – arxivarius shtati tashkil etilgan.

Quvasoy, Farg‘ona shahar 2-son, So‘h hamda Yozyovon tumani, FHDYo bo‘limlarida dalolatnomalar soni 200.000 ga yetmaganligi sababli bu bo‘limlarda arxivarius shtatiga zarurat yo‘q deb topilgan. Moddiy-texnika va kadrlar masalasi aniq ekan, demak bu yerda inson faktori, ya’ni xodim mas’uliyati, vazifasini to‘liq his qilishi, mas’uliyatini anglash darajasi muhim rol o‘ynamoqda.

Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan barcha tuman va shaharFHDYo bo‘limlarining “Yagona elektron FHDYo arxivi” axborot tizimiga malumotlarni kiritish ahvolini yaxshilash va belgilangan muddatda bajarish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.Ayni kunlardaxodimlar faoliyati o‘rganilib, vakolatdoirasida ishlar tashkilanayotir.

Ma’lumotlarni kiritib borish shu holatda davom etadigan bo‘lsa, Farg‘ona shahar 1-son, O‘zbekiston, Oltiariq, Qo‘shtepa, Dang‘ara tumanlari,Qo‘qon va Marg‘ilon shahar FHDYo bo‘limlari taxminan 2 yilda, Farg‘ona tuman 1-son, Quva, Beshariq tumanlari FHDYo bo‘limlari 1 yil muddatda “FHDYo yagona elektron baza” axborot tizimiga ma’lumotlarni kirita olishi hisoblab chiqildi.

Bundan tashqari, boshqarma tomonidan qilingan tahlil va tekshirishlar natijasiga ko‘ra, ayrim tuman (shahar) FHDYo bo‘lim arxivariuslari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi uchun mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo‘lgan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.  Xususan: Farg‘ona shahar 1-son, Rishton, Beshariq, Buvayda tuman FHDYo bo‘lim arxivariuslari o‘z lavozimlaridan ozod etildi.

Belgilangan muddatgacha hali vaqt bor, bemalol ulguramiz, deya jarayonga yengil nazar bilan qarash, bee’tiborlik qilish yaramaydi. To‘g‘ri, FHDYo arxivini raqamlashtirish oson ish emas. Turli yillarda, turli xodimlar tomonidan, turli husnixatda yozilgan qaydnomalarni kompyuterda birorta xatosiz terish katta mas’uliyat talab etadigan ish. Ammo, belgilangan vazifani imkon darajasida bajarish bu xodimning xarakteri, o‘z ishiga mas’uliyat seza olishi, tirishqoqligi va salohiyatiga bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyundagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, 3-bandida majburiyatlarni muvofiq taqsimlash va javobgarlik sohalariga asosan, FHDYo bo‘limlarining moddiy-texnik bazasi, ya’ni zamonaviy orgtexnika, optik tola,uzluksiz internet tizimi bilan ta’minlash tuman va shaharhokimliklari zimmasiga yuklatilgan.Afsuski, ayrimhududlarda hamon bu mas’uliyatli vazifalar to‘laligicha bajarilmagan.

Rivojlanib borayotgan global jamiyatda fuqarolarning sarson bo‘lmasligi, tashkilotma tashkilot eshik qoqib yurmasligini ta’minlash maqsadida muhim qarorlar qabul qilinib hayotga tatbiq etilmoqda. Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar ham davlat va jamiyat o‘rtasida to‘siqsiz muloqot bo‘lishiga, tashkilot va idoralarning fuqarolarga yaqin va ochiq bo‘lishini ta’minlash uchun xizmat qiladi.

Ra’no Boyqo‘ziyeva,

Davlat xizmatlari Agentligi
Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i

Kiritildi: 22:30 08.11.2019. O'qildi: 2737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!