Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Feysbuk Trampning «o‘g‘irlab» olgan videopostini o‘chirdi

Feysbuk Trampning  «o‘g‘irlab» olgan videopostini o‘chirdi

Feysbuk ma’muriyatiga Tramp e’lon qilgan video yuzasidan mualliflik huquqi buzilishi holati borligi haqida shikoyat tushgan. Shundan so‘ng feysbuk videoni o‘chirgan. Ma’lum bo‘lishicha, Tramp o‘z sahifasiga joylagan video boshqalarga tegishli bo‘lgan va AQSh prezidenti uni «o‘g‘irlab» olgan.

Politico gazetasida yozilishicha, Tramp o‘z sahifasiga joylagan video Jikin Media kompaniyasining hamkorlaridan biriga tegishli bo‘lgan va hech kim undan foydalanishga ruxsat olmagan. O‘z mulki bo‘lgan videodan ruxsatsiz foydalanilganidan xabar topgan kompaniya feysbuk ma’muriyatiga shikoyat yo‘llagan. Ijtimoiy tarmoq muharrirlari holatni tekshirib, AQSh prezidenti chindan mualliflik huquqi haqidagi qonunlarni buzganini aniqlagan va Trampning sahifasidan videoni o‘chirgan.

«Biz ushbu videoning egasi bo‘lgan kompaniyadan mualliflik huquqi buzilgani haqida shikoyat oldik. Tekshirganimizda Tramp mualliflik huquqi haqidagi qonunni buzib, boshqalarga tegishli bo‘lgan videoni o‘z sahifasiga joylagani tasdiqlandi. Shundan so‘ng videoni uning sahifasidan o‘chirdik», degan feysbuk vakili nashrga.

Donald Tramp mualliflik haquqini buzib, Feysbuk sahifasida joylagan video CNN telekanalida ko‘rsatilgan kadrlarga juda o‘xshash bo‘lgan. Videoda qora tanli bola oq tanli boladan qochib ketadi va «qo‘rqib ketgan bola irqchi boladan qochib ketdi», degan yozuv paydo bo‘ladi. Tramp hozircha videoni «o‘g‘irlab olgani» haqidagi gaplarga va feysbuk uni o‘chirganiga izoh bermadi.

Ma’lumot uchun, avvalroq "Tvitter" ijtimoiy tarmog‘i ham Tramp tomonidan yozilgan tvitni o‘chirgan edi va AQSh prezidenti yozgan bitta postni «yolg‘on» deb belgilagandi.

Kiritildi: 09:27 21.06.2020. O'qildi: 2367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!