Yaponiyaning Ivate prefekturasi rasmiylari mahalliy fermalardan birida parranda grippi epidemiyasi aniqlanganidan so‘ng, taxminan 560 ming bosh tovuq yo‘q qilinishini e’lon qildi. Bu haqda "Kyodo" agentligi xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, epidemiya Kanegasaki qishlog‘ida joylashgan parrandachilik fermasida aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, Yaponiyada parranda grippining tarqalishi muntazam xarakter kasb etmoqda. Har yili kuz va qish mavsumida millionlab kasallangan tovuqlar yo‘q qilinadi.