Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Fazliddin G‘oibnazarov mag‘lubiyatga uchradi (video)

Fazliddin G‘oibnazarov mag‘lubiyatga uchradi (video)

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarov 12 may tongida o‘zining sakkizinchi jangini o‘tkazdi.

AQShning Arizona shtati Tukson shahrida bo‘lib o‘tgan jangda unga amerikalik Maykl Foks (20 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat) raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Hakamlar ochkolar bo‘yicha Foks g‘alaba qozonganini e’tirof etdi. Unga ko‘ra, 96-92, 96-92, 95-93 hisoblarida Maykl Fazliddin ustidan g‘alaba qozondi.

Qayd etish joiz, Fazliddin professional ringdagi sakkizinchi jangida o‘zining dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. U bungacha o‘tkazilgan 7 ta jangning barchasida g‘alaba qozongandi.

Eslatib o‘tamiz, Foks uch oy muqaddam o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Shohjahon Ergashevga ochkolar hisobiga yutqazgandi.

Kiritildi: 10:36 12.05.2019. O'qildi: 8203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!