Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Farg‘onalik erkak issiqxona quraman deb pullaridan ayrildi

Farg‘onalik erkak issiqxona quraman deb pullaridan ayrildi

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqaro X.O. joriy yilning sentyabr oyida isssiqxona qurish niyatida yurganida, o‘zi yaxshi tanimaydigan shaxs ishonchiga kirib, aldab ketdi. U 14 million 500 ming so‘m pul evaziga issiqxona qurib berishga va’da berib, oldindan pulni oldi-yu, qorasini ko‘rsatmadi.

Dekabr oyigacha kutib, toqati toq bo‘lgan jabrlanuvchi oxiri yordam so‘rab tuman IIBga murojat qildi. Uning arizasiga asosan mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni sodir etgan J.A. prosessual tartibda ushlangan.

Kiritildi: 12:55 02.01.2022. O'qildi: 4045 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!