Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onalik ayol tadbirkorni katta pulga chuv tushirdi

Farg‘onalik ayol tadbirkorni katta pulga chuv tushirdi

Jizzax shahrining Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi xususiy tadbirkor A.H. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri Muqimiy shaharchasida yashovchi, turmushidan ajrashgan M.Q. unga firib berganligini bildirgan. Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yilning 25 mart kuni ayol kiyim-kechak tayyorlab berish sharti bilan tadbirkordan 50 ming AQSh dollari qiymatidagi matolarni olib ketdi.

Ammo “ishbilarmon” ayol kiyim-kechak ishlab chiqarish o‘rniga matolarni Farg‘ona viloyati bozorlarida arzon narxlarda sotib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 09:34 29.07.2021. O'qildi: 1565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!