Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onalik ayol folbinga chuv tushdi

Farg‘onalik ayol folbinga chuv tushdi

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanilik M.N. ismli ayolning yashash xonadoniga noma’lum shaxs kelib, unga tez kunda nabirali bo‘lishini aytib, folbinlik amallarini qiladi. Uning ishonchiga kirib, umumiy narxi 4 million 500 ming so‘mlik tillo taqinchoqlari va 50 ming so‘m pulini olib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Chuv tushganligini bilgach ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qildi. Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida yashovchi S.CH. sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Kiritildi: 18:57 27.06.2022. O'qildi: 2664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!