Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Farg‘onaga qo‘shimcha 24 dona «YUTONG» avtobuslari olib kelindi

A A A
Farg‘onaga qo‘shimcha 24 dona «YUTONG» avtobuslari olib kelindi

Farg‘ona viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Hududda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, «Farg‘onaavtotrans xizmat» MCHJ tomonidan Xitoy davlatidan yana qo‘shimcha 24 dona «YUTONG» avtobuslari xarid qilindi.

Mazkur avtobuslar tez orada Farg‘ona shahri avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Kiritildi: 14:55 18.08.2025. O'qildi: 1962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!