Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onadagi mahallada o‘smir yigitni kaltaklagan harbiylar kim? (VIDEO)

Farg‘onadagi mahallada o‘smir yigitni kaltaklagan harbiylar kim? (VIDEO)

Tarmoqda niqobli chegara qo‘shinlari askarlari deyilayotgan shaxslarning mahalla hududida mashinalarni tekshirayotgani va bir o‘smirni kaltaklagani videosi tarqaldi, deb yozadi "sof.uz".

Voqea Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Vodil qishlog‘ida yaqin kunlarda sodir bo‘lgani aytilmoqda. Xalq tilida bu hudud “Do‘m ko‘cha” deyiladi.

Ushbu videoda mashinada o‘tirgan yigitlar tomonidan yashirincha tasvirga olingan. Unda harbiy formadagi, qora maska taqqan chegarachilar avtomobillarni nazorat qilayotgani ko‘rinadi.

Askarlar yomon so‘zlar bilan so‘kina boshlaydi, fondagi ovozlardan kimdir aniq urayotgani ham bilinib turadi. Shu paytda mashinadan o‘smir bola tushib ketmoqchi bo‘ladi. Uning ortidan chegarachilardan biri “Ushla!“ baqiradi.

Bola qo‘rqqanidan to‘xtab qolganida, uning oldiga sport formasidagi niqobli yigit kelib, qorniga va boshiga zarba beradi, so‘ng harbiy formadagi boshqa niqobli shaxs beysbol tayog‘i bilan bel sohasiga uradi. So‘ng sport kiyimidagi niqobli o‘smirni sochidan ushlab sudrab olib ketadi.

Shundan keyin fuqarolar 40 238 USB davlat raqamli UAZ avtomobiliga chiqariladi.

Bundan tashqari, chegara xodimlari fuqarolarning uylari atrofida ham yurgani aks etgan video ham tarqaldi.

Manbalarning aytishicha, chegara posti yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan. Postdagi chegarachilar ko‘pincha o‘zlarini tanitmaslik uchun maska taqib olishmoqda. O‘tib ketayotgan har bir mashina tekshirilib, bo‘ysunmaganlar jazolanmoqda.

“Biz qamoqxonada yashamaymiz-ku, bular chegaralarimizni qo‘riqlash o‘rniga nega bizga bunaqa munosabat qiladi? Biz o‘zimizni “organ”larimiz orqali bu masalani hal qila olmasligimizni bilganimiz uchun sizlarga yubormoqdamiz, iltimos yordam beringlar,“ deyishmoqda mahalliy aholi vakillari.

Kiritildi: 14:43 13.11.2019. O'qildi: 5831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!