Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada yana bir MIB xodimi kaltak yedi

Farg‘onada yana bir MIB xodimi kaltak yedi

Rishton tumanida Majburiy ijro byurosining yana bir xodimi kaltaklandi. Bu holat birinchisi emas.

30 avgust kuni MIBning Rishton tuman bo‘limi davlat ijrochisi o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan paytda qarzdor fuqaro uni haqorat qilib, urib tan jarohati etkazgan.

1990 yilda tug‘ilgan fuqaro MIB xodimini "Uchariq" mahallasida uchratib, aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzlarini undirish bilan bog‘liq ijro harakatlarini amalga oshirish uchun uni o‘zi bilan birga MIB tuman bo‘limiga borishi kerakligini aytgan.

Mazkur holat yuzasidan 5 sentyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 15:12 06.09.2019. O'qildi: 2331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!