Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onada Xalq banki bo‘limida 100 ming dollar g‘oyib bo‘ldi

Farg‘onada Xalq banki bo‘limida 100 ming dollar g‘oyib bo‘ldi

5 fevral kuni Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi Xalq banki bo‘limida saqlanayotgan 100 ming dollarning (838 mln so‘m) yo‘qolgani aniqlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati Gazeta.uz ga.

Seshanba kuni taxminan 23:40 da tuman ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga bank boshqaruvchisi tomonidan berilgan arizada shu kuni soat 20 00 larda g‘aznani yopish vaqtida mablag‘ning yo‘qligi aniqlangani ma’lum qilinadi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlaridan iborat tarkibda tezkor-tergov guruhi tuzilib, xolislar va tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda voqea joyi ko‘zdan kechirilgan.

Mazkur holat yuzasidan 5 fevral kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi a bandi bilan (o‘g‘irlik:juda ko‘p miqdorda) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:35 08.02.2019. O'qildi: 2440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!