Farg‘ona shaharida yashovchi fuqaroga tegishli Gentra avtomashinasi 26 fevral kuni yashash xonadoni oldidan olib qochilgan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni 2001 yilda tug‘ilgan Andijon viloyati, Asaka tumanida yashovchi S.Q. va 1993 yilda tug‘ilgan Q.I. ikki nafar tanishi bilan birga sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qism “b” bandi (transport vositasini olib qochish bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.