Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada unni qimmat sotganlar ushlandi

Farg‘onada unni qimmat sotganlar ushlandi

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida davlat resursidan ajratilgan un mahsulotini qimmat narxlarda sotib yuborish holati aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.A. otasi A. va qarindoshi X.ning nomiga yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil qilib, amalda o‘zi norasmiy rahbarlikni amalga oshirib, imzolarini soxtalashtirish orqali “Bag‘dod don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalarga asosan davlat resurslari hisobidan ajratilgan umumiy bahosi 420,6 million so‘mlik 151,4 tonna un mahsulotini joriy yilning fevral-aprel oylari uchun dislokasiyada belgilangan 19 ta mahallalarga arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib bermasdan, Marg‘ilon shahri hududida boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:35 28.06.2022. O'qildi: 2284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!