Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada "universal jinoyatchi" qo‘lga olindi

Farg‘onada "universal jinoyatchi" qo‘lga olindi

B.Samatov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) muqaddam bezorilik, o‘g‘rilik, firibgarlik, transport vositalari harakati qoidalarini buzish, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish kabi turli hil jinoyatlarni sodir etgani uchun 6 marotaba sudlanib, o‘ziga tegishli xulosa chiqara olmay, qasddan tovlamachilik jinoyatini sodir etdi.

B.Samatov xavfli residivist bo‘lgani holda, jinoyatlarini quyidagi usulda sodir qilgan, ya’ni u 2020 yil 22 dekabr kuni "Matiz" rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, o‘zini mijoz sifatida ko‘rsatib, haydovchining “Samsung galaxy A30” rusumli telefon apparatidan foydalanishini aytib, telefonini olib, qaytarib bermasligini hamda haydovchidan ochiqdan-ochiq pul berishini talab qilib, 60.000 so‘m miqdoridagi pullarini zo‘rlik ishlatib, talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng 25 dekabr kuni soat 21:00 larda Farg‘ona shahar, A.Qodiriy ko‘chasi, 102-uy oldida B.Azizovning "Samsung Galaxy J6+" rusumli telefon apparatini zo‘rlik ishlatib, ochiqdan-ochiq talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, B.Samatov jinoiy harakatlarini davom ettirib, 29 dekabr kuni soat 12:30 larda Al-Xorazmiy ko‘chasi 7-uy oldida tanishi G.Tursunov bilan uchrashib, unning telefon apparatidan foydalanishini aytib, "Samsung Galaxy A-8" rusumli telefon apparatini undan olib, qaytarib bermasdan ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, voqea joyidan ketib yuborgan.

Barcha telefon apparatlarini arzon narxlarda sotib yuborib, o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining 2021 yil 3 maydagi hukmiga ko‘ra, B.Samatov O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan.

Halqimizda “Bukrini go‘r to‘g‘irlaydi” degan naql bejiz aytilmagan.

Abdurasul Minojiddinov, Farg‘ona shahar sudining sudyasi

Kiritildi: 14:13 10.12.2021. O'qildi: 4150 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!