Joriy yilning 6 sentyabr kuni soat 06:00 larda, Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, Xamza MFY hududidan o‘tgan 4R-148B avtomobil yo‘lining 5-kilometrida haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan S.F. “Spark” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 2001 yilda tug‘ilgan B.B. boshqaruvidagi “Kamaz-53212” rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.
Natijada, “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi 29 yoshli S.F. va yo‘lovchisi 1991 yilda tug‘ilgan A.N.lar og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.
Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan charchoq holatida transport vositasini boshqarmasliklarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.