Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada soxta DXX xodimi qo‘lga tushdi

Farg‘onada soxta DXX xodimi qo‘lga tushdi

Marg‘ilon shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birining direktor o‘rinbosari T.I. (ismi sharifi o‘zgartirilgan) tovlamachilik yo‘li bilan viloyatdagi tumanlardan birining xalq ta’limi bo‘limi mudiri U.R. dan pul olayotganda ushlandi, deb yozmoqda O‘zA.

Aniqlanishicha, T.I. o‘zini tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri U.R. ga “DXX viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi” sifatida tanishtirib, uning ustidan ariza tushganligini ma’lum qilgan. Bo‘lim mudiri har oyda maktab direktorlaridan pul talab qilib kelayotganligini, yaqinda yuqori lavozimga qo‘yilgan ayoldan katta miqdorda pora olganligini isbotlovchi audio va video yozuvlar borligini aytib, uni javobgarlikdan qutqarib qolish evaziga 15 million so‘m talab qilgan.

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari bilan o‘tkazilgan tadbirda T.I. ko‘rsatib o‘tilgan miqdordagi pulni olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan T.I.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:50 16.08.2022. O'qildi: 2971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!