Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onada Rossiyadan qaytgan fuqaroda koronavirus aniqlangani rostmi?

Farg‘onada Rossiyadan qaytgan fuqaroda koronavirus aniqlangani rostmi?

Shu yilning 20 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda  Farg‘ona shahridagi 5-oilaviy poliklinikada koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor aniqlanibdi, degan mazmundagi asossiz va shov-shuvli xabar tarqaldi.

Gap shundaki, shu kuni mazkur poliklinikaga 2001 yilda tug‘ilgan Farg‘ona shahridagi go‘zallik salonlarining birida faoliyat ko‘rsatuvchi xodim X. D. tana haroratining oshishi, tamoq og‘rishi shikoyati bilan ushbu tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Tibbiyot xodimlari tomonidan u belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ammo bemor vrachga o‘z shikoyatlarini bayon qila turib, yaqinda   Rossiyada bo‘lib qaytgan fuqaro bilan muloqotda bo‘lganligini aytib, barchani vahimaga solgan. Bu esa ko‘pchilik o‘rtasida asossiz mish-mish tarqalishiga ham sabab bo‘lgan. 

- Shundan so‘ng belgilangan tartibda poliklinika ma’sul xodimlari tomonidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi shtabiga xabar berilgan, -deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov . -Ko‘rilgan tezkor tadbirlar va ehtiyot choralari natijasida bemorga zudlik bilan maslahat guruhi yuborilib, epidemiologik anamnezi to‘liq o‘rganilib, profilaktik nuqtai nazardan yuqumli kasalliklar shifoxonasi izolyatoriga yotqizilgan. Koronavirusni aniqlash uchun PZR usulida tekshirish uchun surtma olindi. Shu bilan birga, uning oila a’zolari ham qat’iy tibbiy kuzatuvga olingan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, bemordan shu yilning 20 mart kuni viloyat SEO virusologiya bo‘limi xodimlari tomonidan PZR usulidagi №197 sonli olingan tahlil xulosasiga ko‘ra, unda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan. 

Shu o‘rinda fuqarolarimizdan yana bir bor asoslanmagan xabarlarga, turli mish- mishlarga ishonmasliklarini  so‘rab qolamiz. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi

 Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 23:19 20.03.2020. O'qildi: 5254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!