Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada qurilishi tugallanmagan binoda erkak kishining jasadi topildi

Farg‘onada qurilishi tugallanmagan binoda erkak kishining jasadi topildi

Yaqinda Marg‘ilon shahrining Pichoqchi mahallasida ichkilikbozlik oqibatida mudhish jinoyat yuz berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu mahalladagi Xiyobon ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan bino yerto‘lasidan 1960 yilda tug‘ilgan fuqaro tanasida turli xildagi jarohat izlari bilan, jonsiz holatda topiladi.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyatni Farg‘ona shahrida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir yetgani aniqlanib, ushlanadi.

Surishtiruvlardan ayon bo‘lishicha, gumondor va jabrlanuvchi avvaldan tanish bo‘lgan va jinoyat sodir etilgan joyda birga spirtli ichimlik ichishgan. Shundan so‘ng o‘zaro janjallashib, biri ikkinchisiga og‘ir jarohat yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Kiritildi: 11:09 06.06.2022. O'qildi: 3725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!