Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada ota-o‘g‘il maktab o‘quvchisini do‘pposladi

A A A
Farg‘onada ota-o‘g‘il maktab o‘quvchisini do‘pposladi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida o‘g‘il va ota Farg‘ona shahar Kirguli mavzesidagi maktab o‘quvchisini urib, tan jarohati yetkazganligi to‘g‘risida tarqatilgan videoxabar yuzasidan rasmiy bayonot berildi.

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan mazkur xabarda Farg‘ona shahar Quruvchilar ko‘chasida 2 nafar fuqarolar voyaga yetmagan shaxsni urganlik holati aks ettirilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 21 fevral kuni fuqaro B.P farzandi N.K bilan birgalikda Farg‘ona shahar Quruvchilar ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan X.SH. ni o‘zaro kelishmovchilik sababli urib, tepib tan jarohati yetkazishgan. 

Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv yuzasidan to‘plangan materiallar Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining ish yurituviga qabul qilinib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mazkur holat viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan. 

Tekshiruv harakatlari yakuniga ko‘ra, qo‘shimcha xabar beriladi.

Kiritildi: 14:48 25.02.2021. O'qildi: 2017 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!