Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada mojaro: 6 kishi qamoqqa olindi

Farg‘onada mojaro: 6 kishi qamoqqa olindi

Farg‘ona. Joriy yilning 10 mart kuni soat taxminan 14:30 da,  24 yoshli fuqaro I.O. bir guruh tanishlari bilan birga Farg‘ona shahar S.Ahmad ko‘chasida fuqaro T.U. bilan o‘rtalaridagi o‘zaro kelishmovchilik sabab gap talashib janjallashib ketishgan.

Janjal shunchaki mushtlashuv bilan yakun topmadi. T.U. va I.O.lar o‘zlari bilan olib kelgan pichoqlarni ham ishga solishib bir-birlarini tanalarining turli sohalariga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazishgan.

I.O.ning  jinoiy sheriklari ham janjalda faol ishtirok etishib, qo‘llaridagi tosh va temir jismlar bilan fuqaro T.U.ning bosh va tanasining turli qismlariga urib, og‘ir tan jarohati yetkazishib, hodisa joyidan yashiriniganlar.

Tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyidan ishga aloqador bo‘lgan tosh bo‘laklari, oshxona pichog‘i va qon namunalari hamda shu atrofdagi savdo do‘koniga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamasiga qayd qilingan tasvirlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan I.O va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e,k” (qasddan badanga og‘ir tan jarohatini yetkazish) bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni sodir etgan shaxslarning 6 nafariga nisbatan “Qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 10:50 16.03.2020. O'qildi: 6248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!