Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Farg‘onada maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Farg‘onada maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Farg‘onada tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri o‘z xizmat vakolatiga kirmasa-da bog‘cha mudirasi lavozimiga tayinlash evaziga 1 ming 200 AQSh dollarini olmoqchi bo‘ldi.  Bu haqda O‘zA xabar berdi.

U fuqaro G.Tni Farg‘ona viloyati hududidagi yoki Rishton tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarining biriga mudir lavozimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da beradi. Bu ish “quruq”qa bitmasligi, xizmati 1 ming 200 AQSh dollarini bo‘lishini aytib, uni aldaydi. Fuqaro G. T bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organga ariza bilan murojaat qiladi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Rishton tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi F.Q. fuqaro G.Tni bog‘chaga mudir lavozimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga fuqaro N.Ndan o‘z xizmat xonasida kimyoviy ishlov berilgan ming(1000) AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Sud tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga tegishli jazo tayinlandi.

Kiritildi: 15:04 09.08.2019. O'qildi: 1297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!