Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada maktab stadionini buzib, supermarket qurishmoqchi. Aslida, vaziyat qanday?

Farg‘onada maktab stadionini buzib, supermarket qurishmoqchi. Aslida, vaziyat qanday?

Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan «Maktab ctadionini buzib, o‘rniga supermarket qurishmoqchi» mazmundagi tarqatilgan xabarga Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

"Ushbu murojaat viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan  tegishli tartibda o‘rganildi.       

Ijtimoiy tarmoqda «Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 24-maktab futbol maydoni buzilib, o‘rniga supermarket qurilar ekan. Supermarketni istalgan joyda qurish mumkin. Bunday katta maydon esa tumanda kam. Iltimos, mutasaddilar futbol maydoni buzilishiga yo‘l qo‘yilmasin», deb tarqatilgan xabarni eshitgan odamni ko‘ngli xira bo‘lishi tayin. Maktab muqaddas dargoh. U ta’lim va tarbiya maskani. Har qanday manfaatni bu hududdan ko‘zlash tarbiyasizlikning bir ko‘rinishi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu boisdan Buvayda tumani Buvayda MFY Qum mahallasida yashovchi fuqarolar hududlaridagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi stadioni qonun va amaldagi tartiblarni mensimasdan, qonunga zid ravishda tadbirkorga supermarket qurish uchun berib yuborishganidan norozi bo‘lib murojaat qilishgan.  

Mazkur murojaat yuzasidan o‘rganishda aniqlangan holatlarga ko‘ra, Buvayda tumani doimiy harakatdagi yer maydonlarini tanlash va ajratish komissiyasining 2014 yil 11 sentyabrdagi tuman hududida joylashgan tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalariga qarashli bino va inshootlarga egalik xuquqini tan olish hamda yer maydonlarini doimiy foydalanishga biriktirib berish to‘g‘risidagi xulosasiga ko‘ra, Buvayda tuman hokimining 30.09.2014 yil kungi 826-sonli qarori bilan tuman hududidagi ta’lim muassasalariga tegishli bino inshootlarga bo‘lgan mulkiy xuquqi tan olinib, yer maydonlari doimiy foydalanishga biriktirib berilgan.

Mazkur qarorning 1-ilovasiga ko‘ra, Buvayda tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga jami 38735 yevadrat metr yer maydoni biriktirib berilgan. Shunga ko‘ra, Buvayda tuman hokimining 30.09.2014 yildagi 826-sonli qarori asosida 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga kadastr hujjatlari tayyorlangan. Buvayda tuman bosh arxitektori B.Madaliyev, Buvayda tumani yer tuzish ko‘chmas mulk kadastr xizmati DUK bosh muhandisi A.Yuldashev va mutaxassis A.Imomov tomonidan tasdiqlangan «Chegaradosh hududlar ta’rifi» chizmasiga ko‘ra maktabning basketbol maydoni 585 kvadrat metr, voleybol maydonchasi 162 kvadrat metr, kichik stadion 1200 kvadrat metr, katta stadion 5800 kvadrat metrni tashkil etgan. 

Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 20.10.2015 yildagi Buvayda tuman hokimligiga yuborgan 03/5076-sonli xatida Buvayda tumandagi 24-sonli umumta’lim maktabi kirish qismini yon tomonidagi qurilgan do‘konlar qatorida bo‘sh turgan yer maydonni qonunda belgilangan tartibda tuman hokimligi zaxirasiga o‘tkazilishiga qarshi emasligi bildirilgan.

Buvayda tuman hokimligi maxsus komissiyasining 2016 yil 15 fevraldagi xulosasi hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi sobiq boshlig‘i Z.Teshaboyevning rozilik xatini asos qilib, tuman hokimining 15.02.2016 yil kungi 107-sonli qarori bilan 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining balansida bo‘lgan 2100 kvadrat metr maydoni tuman zaxirasiga qaytarilgan.

Buvayda tuman hokimining 24.11.2019 yil kungi 6436-sonli qarori bilan muqaddam tuman zaxirasiga olingan 24-maktab hududidagi bo‘sh yer maydonidan 0,12 gektar qismini fuqaro G‘ulomov Jasurbek Ibrohim o‘g‘liga «Yoshlar mehnat guzari» binolarini qurish uchun ajratib berilgan.

Biroq, tuman hokimligidagi yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya tanlanayotgan va ajratilayotgan maydonni 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining balansida bo‘lgan va foydalanib kelayotgan stadionni ham asossiz qo‘shib yuborilgan.

Mazkur holatda Buvayda tuman hokimining 24.11.2019 yildagi 6436-sonli qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ-3931-son Qarorining 10-bandida «Umumta’lim muassasalarining yer uchastkalari va ko‘chmas mulkini O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi», deyiladi munosabatda.

Kiritildi: 11:57 24.06.2020. O'qildi: 2320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!