Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada kollej direktorini nega «shantaj» qilishdi?

Farg‘onada kollej direktorini nega «shantaj» qilishdi?

Rishton tumani politexnika kasb-hunar kolleji direktori A.R.ga nisbatan tovlamachilik qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, fuqaro N.I. o‘ziga mazkur kollejni tamomlagani haqida soxta diplom tayyorlab berganini tasdiqlovchi audioyozuvni «tegishli joyga» taqdim etish bilan qo‘rqitib, direktordan 500 AQSh dollari talab qiladi. Direktor esa talabga roziligini bildirib, amalda esa undan avval o‘zi tegishli joyga murojaat qiladi. Natijada N.I. Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olinadi.

Ayni paytda N.I.ga ham, kollej direktoriga ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Biri tovlamachilik, ikkinchisi mansabdorlikka oid ayblov bilan tergov qilinmoqda. Jinoyat ishi hademay sudga oshiriladi.

Kiritildi: 12:14 11.03.2020. O'qildi: 2389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!