Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada jinoyat: "Qo‘ng‘iroq qilib olsam maylimi?"

Farg‘onada jinoyat: "Qo‘ng‘iroq qilib olsam maylimi?"

X.X muqaddam bir necha marotaba, o‘g‘irlik va firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, aksincha, osonlik yo‘li bilan boylik ottirish maqsadida, jabrlanuvchilarga tegishli bo‘lgan telefon apparatlaridan vaqtincha foydalanish masadida so‘rab, ularnini aldab, telefon apparati bilan yarishinib, qochib ketgan.

Jumladan X.X. xavfli residivist bo‘lgani holda 2019 yil  fevral oyida o‘zganing mulkini aldash va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, fuqaro I.S. boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, uni Farg‘ona shahridagi ko‘p qavatli uylar oldiga tashlab qo‘yishni aytib, shu uylarni birida tanishi istiqomat qilishini, unga qo‘ng‘iroq qilib olishligini yolg‘ondan aytib, I.S.ni narxi 1.800.000 so‘m bo‘lgan “SAMSUNG A-6” rusumli telefon apparatini qo‘ng‘iroq qilish bahonasida olib, xaydovchi unga e’tibor bermaganligidan foydalanib, ushbu uyali telefon apparatini o‘zi bilan olib ketgan, bundan tashqari, X.X. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, xuddi yuqorida aldash usuli bilan X.X. fuqaro SH.A. boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya 2” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, hamda fuqaro M.I. boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, ularga Farg‘ona shahridagi ko‘p qavatli uylarni oldiga olib borishni aytib, ulardan telefon appratlarini tanishlariga qo‘ng‘iroq qilib olishini yolg‘ondan aytib, telefon apparatlarini olib, xaydovchilar unga e’tibor bermaganligidan foydalanib, o‘zi bilan olib ketib yuborgan.

Sud, X.X.ga nisbatan jazo tayinlashda jazoni yengillashtiruvchi holati sifatida uning qilmishidan pushaymonligini, yetkazilgan zarar qoplanganligini, jabrlanuvchilarni da’vosi yo‘qligini, jazoni og‘irlashtiruvchi holati sifatida jinoyatni g‘arazli niyatlarda sodir etganligini inobatga olib, unga nisbatan u ayblanayotgan moddani sanksiyasi doirasida axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.

Xulosa qilib aytganda, fuqarolarga telefon apparatingizni, qo‘ng‘iroq qilish uchun berganingizda, e’tiborliroq bo‘ling!

A.Inamov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudinin sudyasi.

Kiritildi: 18:23 25.06.2020. O'qildi: 3913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!