Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Farg‘onada IIO xodimiga pora taklif qilgan ayol qo‘lga olindi

A A A
Farg‘onada IIO xodimiga pora taklif qilgan ayol qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida Ichki ishlar organi xodimiga 3000 AQSh dollari pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Namangan shahrilik 1989 yil tug‘ilgan ayol Beshariq tumaniga qarashli tergov bo‘limi surishtiruvchilariga murojaat qilib, jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olingan tanishini qamoq ehtiyot chorasini bekor qilishi va ayblovni olib tashlashi uchun 3000 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan.

Xodimlar pora berish jinoyat ekanini bir necha bor tushuntirishiga qaramay ayol pora taklif qilishda davom etgani aytilmoqda.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro xodimga 2100 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ushlanib, pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 211-moddasi, birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 03:53 18.11.2024. O'qildi: 1853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!