Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada fojia: 3 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi kasalxonada

Farg‘onada fojia: 3 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi kasalxonada

2020 yil 18 fevral kuni soat taxminan 08:30 larda Dang‘ara tumani A-373-raqamli “Qo‘qon-Toshkent” avtomobil yo‘lining Chinobod qishlog‘i hududida 35-yoshli fuqaro A.U., boshqaruvida bo‘lgan «Nexia» rusumli avtomashinani Toshkent-Qo‘qon yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, Qo‘qon-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan 37-yoshli Y.A.ning boshqaruvida bo‘lgan «Tico» rusumli avtomashina hamda uning ortidan harakatlanib kelayotgan 49-yoshli Z.J.ning boshqaruvida bo‘lgan «Jentra» rusumli avtomashinalar bilan to‘qnashib ketgan.

Oqibatda «Jentra» rusumli avtomashina yo‘lovchisi X.M. va «Tico»  rusumli avtomashina haydovchisi A.Y. hamda yo‘lovchi B.M.lar olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari YTH oqibatida avtomashinada bo‘lgan yana 6 nafar shaxs shifoxonaga yotqazilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi TB tomonidan A.U.ga nisbatian O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 3 qismi “a” bandi bilan (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalarini harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligini qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida xabar beradi Farg‘ona IIB axborot xizmati.

Kiritildi: 17:36 19.02.2020. O'qildi: 4313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!