Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada er Turkiyaga ketmoqchi bo‘lgan xotinini rashk sabab o‘ldirib qo‘ydi

Farg‘onada er Turkiyaga ketmoqchi bo‘lgan xotinini rashk sabab o‘ldirib qo‘ydi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida Turkiyaga ketmoqchi bo‘lgan xotinini rashk qilgan erkak uni urib, o‘ldirib qo‘ydi, deya xabar berdi «Daryo».

Ta’kidlanishicha, voqea 2021 yilning 17 mart kuni sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Qo‘qon shahridagi «Aziztepa» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Z.I. eri D.I.ga ishlash uchun Turkiyaga ketmoqchi ekanligini aytgan. Xotinini boshqa erkak bilan topishib olgan, degan gumonda er unga qarshilik ko‘rsatgan. O‘rtada o‘zaro janjal kelib chiqqan. Oqibatda er yashash xonadoni omborxonasida turgan mix sug‘uradigan asbob bilan uxlab yotgan xotinini qasddan urib, o‘ldirib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro D.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:44 20.03.2021. O'qildi: 3320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!