Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada "dollarfurush" departament xodimining ko‘ziga gaz sepib, yashirindi

Farg‘onada "dollarfurush" departament xodimining ko‘ziga gaz sepib, yashirindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. (1981 y.t.) qonunga xilof ravishda jami 4.200 AQSh dollarini 40,2 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir davomida fuqaro X.M. departament xodimi M.A.ning ko‘z sohasiga gaz balloncha bilan gaz sepib, unga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan 05.12.2019 yilda Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:32 06.12.2019. O'qildi: 2227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!