Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onada dollar bilan bog‘liq jinoyat fosh bo‘ldi

Farg‘onada dollar bilan bog‘liq jinoyat fosh bo‘ldi

Farg‘onada o‘z xonadonida qalbaki pul ishlab chiqarayotgan shaxsning faoliyatiga chek qo‘yildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.D.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda u qalbaki pul tayyorlash bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, 100 kupyuradagi AQSh dollarlari, 10 ming va 50 ming so‘mlik kupyuradagi qalbaki pullar, 137 dona turli kupyuralar chop etilgan A-4 formatdagi qirqilmagan qog‘ozlar, “Epson” rusumli rangli printer hamda “Lenovo” rusumli noutbuk ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:37 11.12.2020. O'qildi: 2167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!