Joriy yilning 13 iyul kuni soat 00-25 da Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani, Navro‘z MFY, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan choyxona, savdo do‘konlari, chevarxona hamda maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalarida ja’mi 200 kv.m yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada do‘konlarning ichki va tom qismi yongan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 00:30 da yetib borib, 00-50 da o‘rab olinib, 02-00 da batamom o‘chirilgan hamda yong‘inga tutash boshqa binolar saqlab qolingan. Yong‘in joyiga 7 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb qilingan. Yong‘indan 800 kv.m maydon saqlab qolingan.
Yong‘inda jabrlanganlar va jaroxat olganlar yo‘q.
Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.